Payme va Click orqali to'lovlar

Ommaviy oferta

Ushbu ommaviy oferta biligapp.uz platformasi («Bilig») pullik tariflari va qo'shimcha paketlaridan foydalanish shartlarini belgilaydi. To'lovni amalga oshirish shu shartlarga to'liq rozilik bildirishni anglatadi.

  1. 1. Xizmatlar va narxlar

    Bilig imtihonga tayyorgarlik uchun mashqlar, to'liq mock imtihonlar, AI tekshiruvlar va shaxsiy o'quv rejasini taqdim etadi. Tariflar, narxlar va limitlar «Tariflar» sahifasida ko'rsatiladi.

    Buyurtmaga uni yaratish paytidagi narx va limitlar qo'llanadi: keyingi o'zgarishlar allaqachon sotib olingan tarifga ta'sir qilmaydi.

  2. 2. To'lov

    To'lov Payme yoki Click orqali bir martalik amalga oshiriladi. Karta ma'lumotlari faqat to'lov tizimining o'z sahifasida kiritiladi: Bilig ularni ko'rmaydi va saqlamaydi.

    Hech qanday summa avtomatik yechilmaydi va obuna o'zi yangilanmaydi. Har bir keyingi to'lov faqat sizning qaroringiz bilan amalga oshadi.

  3. 3. Muddat, uzaytirish va tarifni almashtirish

    Tarif to'lov tasdiqlangan paytdan boshlab 30 kun (Pro 3 oylik: 90 kun) amal qiladi. Muddat tugamasdan xuddi shu tarif qayta to'lansa, yangi kunlar joriy muddat tugaganidan keyin qo'shiladi.

    Boshqa tarifga o'tilganda yangi tarif darhol boshlanadi: avvalgi tarifning ishlatilmagan kunlari to'langan narx bo'yicha yangi tarif kunlariga aylantiriladi (pastga yaxlitlanadi). Tugashidan 3 kun oldin va oxirgi kuni Telegram bot eslatadi.

  4. 4. Limitlar

    AI tekshiruv va to'liq mock limitlari xarid paytidan boshlab har 30 kunda yangilanadi; Bepul tarifda har oyning 1-sanasida, Toshkent vaqti bilan. Ishlatilmagan limit keyingi davrga o'tmaydi.

    «+10 AI tekshiruv» paketi 90 kun amal qiladi va tarifning o'z tekshiruvlari tugagach ishlatiladi. 1 AI tekshiruv = 1 Yazma topshirig'i yoki 1 Konuşma qismi.

  5. 5. Pulni qaytarish

    To'lovdan keyin 3 kun ichida va 2 tadan kam AI tekshiruv ishlatilgan bo'lsa, to'lov qaytariladi. Buning uchun @biligsupport'ga buyurtma raqami bilan yozing: xodimlarimiz so'rovni ko'rib chiqib, pulni to'lov tizimi orqali qaytaradi.

    Qaytarilgan to'lov bergan tarif yoki paket o'sha zahoti to'xtatiladi.

  6. 6. Chek

    Har bir to'lov uchun fiskal chek beriladi. Chek havolasi «Mening obunam» sahifasidagi to'lovlar tarixida va Telegram botdagi to'lov xabarida bo'ladi.

Aloqa

To'lov, qaytarish yoki chek bo'yicha savollarni Telegram orqali yozing va buyurtma raqamini qo'shing.

@biligsupport
Tariflarni ko'rish